Published November 22, 2025 | Version v1

O'ZINI O'ZI BOSHQARISH ORGANLARINING FUQOROLIK JAMIYATINI RIVOJLANTIRISHDAGI O'RNI

Description

Maqolada o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xususan mahallalar, fuqarolar yig‘inlari va jamoatchilik tuzilmalarining fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi va rivojlantirishdagi tutgan o‘rni chuqur ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan yoritilgan.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar jarayonida fuqarolarning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, mahalla institutining ahamiyatini oshirish va davlat boshqaruvi bilan jamiyat o‘rtasida samarali vositachilik mexanizmini yaratish muhim vazifalardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Maqolada o‘zini o‘zi boshqarish organlarining funksiyalari, ularning huquqiy asoslari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro aloqasi, hamda aholining ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi faolligini oshirishdagi hissasi tahlil qilingan. Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar bilan solishtirma tahlillar asosida, O‘zbekistondagi mavjud tizimning ustun va zaif jihatlari ochib berilgan. Maqola yakunida o‘zini o‘zi boshqarish organlarining fuqarolik jamiyatini yanada mustahkamlashdagi salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu ilmiy ish ijtimoiy fanlar sohasi tadqiqotchilari, davlat boshqaruvi mutaxassislari hamda fuqarolik jamiyatining rivojlanishiga qiziqqan keng jamoatchilik uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Files

662-667.pdf

Files (629.9 kB)

Name Size Download all
md5:82ed396c6c1b1f136537fc74c46e4f1f
629.9 kB Preview Download