SURUNKALI GEPATITLAR HOLETSISTITLARDA YOG'LAR HAZMLARINI BUZILISHI
Authors/Creators
Description
O'tkir gepatitda koʻz oqi va badan sargayishi, jigar kattalashish, jigar sohasida ogʻirlik va ogʻriq paydo boʻladi, bemorning koʻngli aynib, qusadi, ishtahasi yoʻqoladi, ogʻzi taxir boʻlib qoladi. Ba'zan homiladorlik toksikozlarida ham oʻtkir gepatit roʻy beradi. Oʻtkir gepatit oʻz vaqtida davolanmasa yoki bemor parhez qilmasa, jigarning maxsus (parenximatoz) toʻqimasi biriktiruvchi toʻqima bilan almashinadi. Ba'zi holatlarda oʻtkir gepatit 2-3 oyga choʻzilib, surunkali gepatetga aylanish holatlari yuzaga keladi. Kasallikning boshlanish davrida bemorning ahvoli deyarli oʻzgarmaydi hatto ishlayveradi, kasallik esa zoʻraya borishi natijasida bemorning koʻz oqi va badani sargʻaya boshlaydi. Gepatitga chalingan bemor yotishi, jigar sohasini issiq tutishi kerak.