Published November 20, 2025 | Version v1
Journal article Open

KASBIY TA'LIM TASHKILOTLARIDA OʻQUVCHI YOSHLAR OʻRTASIDA TARBIYAVIY FANLARNING AHAMIYATI

  • 1. Toshkent viloyat Olmaliq kon metallurgiya texnikum oʻqituvchi

Description

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor, ularning ma’naviy axloqiy tarbiyasi, milliy oʻzligimiz va qadriyatlarimiz asosida shakllanishi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolmoqda. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Bizni hamisha oʻylantirib keladigan muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir soʻz bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan oʻzgaryapti. Bu oʻzgarishlarni hammadan ham koʻproq his etadigan kim – yoshlar.  Yoshlar oʻz davrining talablari bilan uyg‘un boʻlsin. Lekin ayni paytda oʻzligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan davat ularning qalbida doimo aks-sado berib, oʻzligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”. Shu boisdan ham, yosh avlodni barkamol inson etib tarbiyalash, ularning qalbida vatanparvarlik, milliy g‘urur, madaniy merosga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish – biz pedagoglar zimmasidagi eng sharafli va mas’uliyatli vazifadir.

Files

189-192.pdf

Files (221.2 kB)

Name Size Download all
md5:2358a5603b25abca4c1e48546ddfc2da
221.2 kB Preview Download