BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIC VA PSIXOLOGIK JARAYONLAR
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy faoliyatini shakllantirish va rivojlantirishda pedagogik hamda psixologik jarayonlarning o‘rni yoritiladi. Muallif tomonidan ijodiy o‘qitish usullarining turlari, ularning o‘quv jarayoniga ta’siri, o‘quvchilar va o‘qituvchi o‘rtasidagi interaktiv munosabatlarni kuchaytirishdagi roli tahlil qilinadi. Xususan, jamoaviy ish, aqliy hujum, rolli o‘yinlar, dizayn fikrlash, SCAMPER modeli, o‘quv sumkasi va muzqaymoq tayoqchalari kabi zamonaviy ta’lim strategiyalari orqali o‘quvchilarda ijodiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, muammolarni hal qilish va tanqidiy yondashuv ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bolalar tasavvurining rivojlanishi, tafakkur bosqichlari va kognitiv faoliyat bilan bog‘liq psixologik omillar ham tahlil qilinadi. Maqolada ijodiy ta’lim usullarining ahamiyati, ularning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining shaxs sifatida kamol topishidagi o‘rni asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari ijodkor, fikrlaydigan va innovatsion g‘oyalarni ilgari sura oladigan o‘qituvchilarni tayyorlashda muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Files
33-45.pdf
Files
(238.5 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:c56364847d33c08ed05f2e8395a7b9e3
|
238.5 kB | Preview Download |