AYOLLAR NUTQIDA ERKALASH-SUYISH MA'NOSINING IFODALANISH XUSUSIYATLARI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada ayollar nutqida erkalash va suyish ma’nosining ifodalanish xususiyatlari lingvistik, psixolingvistik va madaniy nuqtai nazardan o‘rganilgan. Tadqiqotda ayollar nutqiga xos bo‘lgan hissiy, samimiy va ekspressiv birliklarning leksik, morfologik hamda intonatsion darajadagi ifoda shakllari tahlil etiladi. Ayol so‘zlovchining nutqida mehr, e’tibor, g‘amxo‘rlik va iliqlik kabi his-tuyg‘ularni ifodalovchi so‘zlar, ularning semantik va stilistik o‘ziga xosliklari aniqlanadi. Maqolada ayollar nutqining milliy-madaniy asoslari, ijtimoiy roli va kommunikativ vazifasi yoritilib, erkalash va suyish ma’nolarining o‘zbek xalqining qadriyatlari, madaniy tafakkuri va til madaniyati bilan uzviy bog‘liqligi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari ayollar nutqining o‘zbek tili tizimidagi hissiy-estetik imkoniyatlarini, insoniy his-tuyg‘ularni so‘z orqali ifoda etishdagi o‘rnini yoritishga xizmat qiladi.
Files
11-15.pdf
Files
(179.2 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:f3b7c40bf1ea7f685869ba87c3d59e58
|
179.2 kB | Preview Download |