Published November 17, 2025 | Version v1
Publication Open

O'ZBEKISTON HUQUQIY AXBOROT TIZIMLARI VA ULARNING IMKONIYATLARI

Authors/Creators

Description

   Bu ishda Oʻzbekiston Respublikasida shakllanib borayotgan huquqiy axborot tizimlari va ularning jamiyat, davlat boshqaruvi hamda fuqarolar hayotidagi o‘rni tahlil etiladi. Ishda mamlakatimizda huquqiy axborotni shakllantirish, saqlash va aholiga yetkazishning zamonaviy mexanizmlari, xususan “Lex.uz”, “Norma.uz”, “Huquqiy axborot” portali, Adliya vazirligining rasmiy axborot tizimlari va boshqa elektron platformalarning faoliyati yoritiladi. Tadqiqotda ushbu tizimlarning asosiy vazifalari — qonun hujjatlari matnlarini tezkor yetkazish, yangiliklardan xabardor qilish, huquqiy ma’lumotlarning aniqligi va ochiqligini ta’minlash, shuningdek foydalanuvchilarga qulay bo’lgan elektron qidiruv imkoniyatlarini yaratishdan iborat ekani ko‘rsatib o‘tiladi. Bundan tashqari, huquqiy axborot tizimlarining raqamli transformatsiya jarayonlaridagi roli, davlat boshqaruvida “Elektron hukumat” tizimi bilan integratsiyasi ham yoritilgan. Ishda bu tizimlarning afzalliklari bilan birgalikda, ularni yanada takomillashtirish zarur bo‘lgan jihatlar – normativ-huquqiy hujjatlarning yagona ma’lumotlar bazasini yanada ko’proq boyitish, mobil ilovalar orqali foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalari ham muhokama etiladi.  Buning natijasida, Oʻzbekiston huquqiy axborot tizimlari davlatning huquqiy siyosatini amalga oshirish, fuqarolarni qonun ustuvorligi tamoyili asosida xabardor qilish va huquqiy ongni yuksaltirishda muhim vosita ekani asoslab beriladi.

Files

YO'ITJ 11, part 2 15.pdf

Files (217.3 kB)

Name Size Download all
md5:8893ed211b6018a20acf30505516ebbd
217.3 kB Preview Download