AHOLINING TURMUSH DARAJASI VA UNING KOʻRSATKICHLARI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada davlat ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni — milliy iqtisodiyotning strategik muhim
tarmoqlaridan tortib, milliy miqyosda xizmatlar ko‘rsatish yoki kichikroq mintaqaviy birlashmalarga xizmat ko‘rsatish uchun
zarur bo‘lgan holatlarda, o‘zining moliyalashtirish manbalari yetarli bo‘lmaganda — biznes tuzilmalarini ushbu loyihalarga
jalb qilishi hamda davlat va xususiy sheriklar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik masalasining tobora dolzarb bo‘lib borayotgani
yoritiladi. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning ilk davridan boshlab aholini oldindan ijtimoiy himoyalash
bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirib borildi. Shu maqsadda miqdori muntazam o‘zgartirilib turilgan ish haqi,
pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari, imtiyozlar hamda turli subsidiya va subvensiyalar,
qulayliklar tarzidagi to‘lovlarni joriy etish usuli keng qo‘llanildi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shundan dalolat beradiki, bugungi kunda nomoddiy ishlab chiqarish sohasiga
yo‘naltirilayotgan investitsiyalar o‘z samarasini bermoqda. Bu — mamlakatning ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun
ajratayotgan kapital qo‘yilmalari hisoblanadi. Mamlakatda kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqot va ta’lim sohasiga qilinadigan
xarajatlarning yil sayin oshib borishi intellektual potensialning ishlab chiqarishdagi eng muhim omilga aylanganidan
dalolat beradi.
Files
127. Sayitbayev Shermirza Datkamirzayevich.pdf
Files
(3.1 MB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:397229a05a72f533c872d24b08e9a304
|
3.1 MB | Preview Download |