Published November 15, 2025 | Version v1
Journal article Open

GIMNASTIKACHILARNI JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHGA O'RGATISHDA YORDAMCHI VOSITALARDAN FOYDALANISH

Description

So‘nggi yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasida gimnastika mashg‘ulotlarini zamonaviy metodlar asosida tashkil etish, sportchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish dolzarb masalaga aylandi. Xususan, gimnastikachilarning kuch, chaqqonlik, chidamlilik, muvozanat va moslashuvchanlik kabi jismoniy sifatlarini shakllantirishda turli yordamchi vositalar — sport anjomlari, trenajyorlar, elastik lentalar, balansi taxtachalari, va interfaol texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ushbu yordamchi vositalar nafaqat sportchining mushak faoliyatini takomillashtiradi, balki harakatlarni to‘g‘ri bajarish, koordinatsiyani mustahkamlash hamda jarohatlanish xavfini kamaytirishga xizmat qiladi. Shu boisdan, zamonaviy sport ta’limida gimnastikachilarning jismoniy sifatlarini kompleks rivojlantirishda texnik va metodik vositalardan oqilona foydalanish samaradorlikni oshirishning muhim omillaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

Files

485-488.pdf

Files (641.3 kB)

Name Size Download all
md5:55dafec3c94cd939ebb48bfd1f4c4a03
641.3 kB Preview Download