Published November 14, 2025 | Version v1

NERV SISTEMASI. ORQA MIYA ANATOMIYASI.

Description

Nerv sistemasi kasalliklaridan; hayotimiz mobaynida ko’p uchratadigan kasalliklarimizdan biri bu-disk churrasi (intervertebral churra) hisoblanadi. Ushbu kasallik umurtqa pog’onasidagi oraliq diskning shikastlanishi yoki joyidan siljishi natijasida kelib chiqadi. Disklar joyidan siljishi yoxud shikastlanishi oqibatida nerv ikki disk orasida qisillib qoladi. Bu jarayonda orqa miya qismining tashqi qismi (fibroz halqa) yorilib, ichki qismi (pulpoz yadrosi) tashqariga chiqadi va nerv tolalarini siqib qo’yadi. Nerv tolalari bosim ostida siqilishi natijasida o’sha sohada og’riq kuzatiladi.  Og’riq kuzatiladigan sohalarga: bel, bo’yin, oyoqlar kiradi. Disk churasining sabablari: yosh bilan bog’liq o’zgarishlar, og’ir jismoniy ish faolliyati, kam harakat turmush tarzi, noto’g’ri holatda o’tirish yoki yotish, genetik moyillik, ortiqcha vazn, avtohalokat, yiqilish yoki boshqa mexanik shikastlanishlar va boshqa holatlarni o’z ichiga oladi.

Disk churrasining turlariga: bo’yin umurtqasi disk churrasi(servikal), ko’krak umurtqasi disk churrasi(torakal), bel umurtqasi disk churrasi(lumbar) kiradi. Diagnostika va davolash chora tadbirlari: shifokor tekshiruvi, rentgen, magnit-rezonas tomografiya (MRT), kompyuter tomografiya (KT), elektromiografiya (EMG) bular diagnostikada qo’llanadigan asosiy usullar.

Davolashda asosan konservativ davolash usullari qo’llaniladi. Bularga kiradi: og’riq qoldiruvchi dorilar, steroid in’yektsiyalar, fizioterapiya, qo’l terapiyasi massaj, maxsus mashqlar va yana jarrohlik amaliyotlari. Jarohlik amaliyotlariga: diskektomiya, laminaektomiya, sun’iy disk implantatsiyasi kabi amaliyotlar kiradi. Bu kasallik kelib chiqishiga ko’ra ma’lum doiradagi kasb egalarida kelib chiqishi aniqlangan va shu sabali bu kasallikni “Kasb kasalligi” deb ham nomlanadi. Kasb kasalligi sifatida: disk churrasi haydovchilar, ofis hodimlari, quruvchilar, sportchilar kabi kasb egalarida bu kasallik ko’p uchraydi. Disk churrasi erkak va ayollarda uchrash nisbati 2:1 nisbatda bo’ladi. Eng ko’p hollarda bel sohasidagi churralar taxminan 90% uchraydi. Ushbu kasallik bilan zararlanish asosan 25-55 yoshlar oralig’iga to’g’ri keladi. Umumiy populyatsiyada 5-20% odamda disk churrasi kuzatiladi.

Files

380-384.pdf

Files (774.7 kB)

Name Size Download all
md5:f717362fce1a4fec7fdc18d5e5c61550
774.7 kB Preview Download