TURKIYA TAJRIBASI ASOSIDA O'ZBEKISTONDA TIBBIY TURIZMNI RAQAMLASHTIRISH VA SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada tibbiy turizmning nazariy asoslari va Turkiyaning tibbiy turizm sohasidagi muvaffaqiyatli tajribasi tahlil qilingan. Tadqiqotda tibbiy turizm konsepsiyasining turli yondashuvlari - Connell, Lunt va Carrera, McCartney va Wang, hamda Androutsou va Metaxasning nazariy qarashlari qiyosiy o‘rganilgan. Turkiya tajribasi asosida sun’iy intellekt texnologiyalarini tibbiy turizmga integratsiya qilish yo‘nalishlari, jumladan, AI-diagnostika tizimlari, bashoratli analitika va virtual assistentlar amaliy qo‘llanilishi ko‘rib chiqilgan. Maqolada O‘zbekistonda tibbiy turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati, mavjud salohiyat va raqamli transformatsiya imkoniyatlari baholangan. Turkiya modelidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston uchun milliy strategiya ishlab chiqish, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.