Published November 14, 2025 | Version v1
Conference paper Open

QORAQALPOG'ISTON GEOGRAFIK JOYLASHUVINING TIBBIYOT TURIZMINI RIVOJLANTIRISHGA TA'SIRI VA IMKONIYATLARI

Authors/Creators

Description

Qoraqalpog‘iston Respublikasining geografik joylashuvi, tabiiy sharoitlari va iqlimiy omillari tibbiyot hamda sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarga ega. Hudud O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismida, Amudaryo daryosining quyi oqimida, Orolbo‘yi mintaqasida joylashgan bo‘lib, o‘zining noyob tabiiy manbalari, termal suv zaxiralari, shifobaxsh balchiqlari va quruq cho‘l iqlimi bilan ajralib turadi. Aynan shu omillar inson salomatligini mustahkamlash, sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratadi.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘istonning geografik joylashuvi turizm yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish uchun ham muhim ahamiyatga ega. Tibbiyot turizmini ekologik, etnografik va madaniy turizm turlari bilan uyg‘unlashtirish orqali hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga sezilarli hissa qo‘shish mumkin. Hududda mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sog‘lomlashtirish infratuzilmasini rivojlantirish va xalqaro tajribalarni joriy etish orqali Qoraqalpog‘istonni mintaqaviy tibbiyot turizmining markaziga aylantirish imkoniyati mavjud.

Files

1.20.pdf

Files (303.4 kB)

Name Size Download all
md5:f264aa213f98a660ffe50787eeb03f49
303.4 kB Preview Download