Orol dengizi mintaqasida cho'llanishni bartaraf etishning barqaror usuli: tabiiy ofat turizmi platformasidan foydalanish
Authors/Creators
Description
O‘zbekistonning g‘arbiy hududlari va qo‘shni mamlakatlar aholisining turmush darajasi Orol dengizining
qurishi hamda tuproqning ikkilamchi sho‘rlanishi oqibatida yuzaga kelgan cho‘llanish jarayonidan jiddiy zarar ko‘rmoqda.
Sho‘rlanish nafaqat mahalliy aholining dehqonchilik imkoniyatlarini cheklamoqda, balki atrof-muhit iflosligi va havo sifati
yomonlashuvi sil kasalligi, yuqori nafas yo‘llari infeksiyalari, oshqozon-ichak kasalliklari va saraton kabi kasalliklarning
tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Shu kungacha olib borilgan tadqiqotlar cho‘llanishning sabablari va salbiy ta’sirini
aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, muqobil hamda potensial bozor imkoniyatlarini yetarli darajada inobatga olmagan. Ushbu
tadqiqotda MCDM yondashuvi asosida muqobil variantlarning afzalliklari AHP va PROMETHEE modellari yordamida tahlil
qilinib, ularni tartiblash orqali baholandi. Tadqiqot cho‘llanishni kamaytirish vositasi sifatida tabiiy ofat turizmi platformasini
ilgari suradi. Taklif etilayotgan yondashuv cho‘llanishga qarshi barqaror strategiyalarni ishlab chiqish va cho‘llashgan
hududlarda aholi farovonligini oshirishga xizmat qilishi mumkin.
Files
2. Axunjonov Umidjon Mahamadumarovich.pdf
Files
(3.8 MB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:20bc31cf0754a99ca0123d5678cc5199
|
3.8 MB | Preview Download |