Published November 13, 2025 | Version v1
Conference paper Open

BURHONIDDIN AN-NASAFIY TA'LIMOTIDA AXLOQIY TARBIYANING O'QUVCHILARNING HUQUQIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDAGI ROLI

Authors/Creators

Description

Mazkur maqola Burhoniddin an-Nasafiyning "Go‘zal xulqlar" asarida axloq va dinning o‘zaro uyg‘unligi haqida so‘z yuritadi. Unda axloqiy qadriyatlarning din asoslari bilan qanchalik chambarchas bog‘liq ekani va bu uyg‘unlikning inson kamoloti uchun tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Asarda axloq nafaqat insoniy munosabatlarni tartibga soluvchi omil sifatida, balki Allohning roziligiga erishish vositasi sifatida ham ko‘rsatiladi.

Burhoniddin an-Nasafiy axloqiy tamoyillarni Qur’on va hadis asosida yoritib, ularni kundalik hayotda qo‘llash yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Maqolada muallifning diniy va axloqiy yondashuvlari zamonaviy masalalar bilan bog‘lanib, insonlar o‘rtasidagi hurmat, halollik, sabr va adolat kabi fazilatlarning ahamiyati keng yoritilgan.

Ushbu maqola orqali "Go‘zal xulqlar" asarining diniy va ijtimoiy jihatdan qanchalik dolzarb ekanligi, axloqiy tamoyillarining har doim va hamma joyda muhimligi ochib beriladi. Maqola axloqiy qadriyatlarning hozirgi zamonda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmasligini, balki inson kamoloti uchun zarur ekanligini yoritadi.

Files

4 (4).pdf

Files (334.9 kB)

Name Size Download all
md5:a2e7db42ab938a5fdf54354c4ad53638
334.9 kB Preview Download