Published November 13, 2025 | Version v1

BOLALARDA OSHQOZON-ICHAK YO'LINING ANATOMIK RIVOJLANISHI VA DISPEPSIYA SINDROMINING SABABLARI

Description

Ushbu ilmiy maqolada bolalarda oshqozon-ichak yo‘lining anatomik rivojlanish bosqichlari, ularning morfologik, funksional va fiziologik xususiyatlari hamda dispepsiya sindromining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilindi. Tadqiqotda oshqozon, ichak, jigar, me’da osti bezi va boshqa ovqat hazm qilish tizimi a’zolarining yoshga xos tuzilma o‘zgarishlari, shuningdek, ularning o‘zaro anatomik aloqalari ilmiy asosda yoritilgan. Maqolada bolalarda ovqat hazm qilish tizimi yetilmaganligi, ferment tizimlarining to‘liq shakllanmaganligi, mikrobiotsenozning o‘zgarishi va noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida yuzaga keladigan dispeptik holatlar sabablari chuqur tahlil qilinadi. Dispepsiya sindromining fiziologik va patologik turlari, ularning klinik ko‘rinishlari, shuningdek, anatomo-funksional asoslari keltirilgan. Mazkur maqola bolalar anatomiya va pediatriya yo‘nalishidagi mutaxassislar, shuningdek, tibbiyot oliygohlari talabalari uchun amaliy va nazariy ahamiyatga ega bo‘lib, dispepsiya sindromining oldini olish va to‘g‘ri tashxislashda muhim ilmiy manba hisoblanadi.

Files

ZDTF 1417.pdf

Files (552.0 kB)

Name Size
md5:8a7a30dd8021fb86397047e680db4bcb
552.0 kB Preview Download