Published November 11, 2025 | Version v1

QALQONSIMON BEZNING XIRURGIK ANATOMIYASI VA REKKURENT NERV BILAN MUNOSABATI

Description

Ushbu maqola qalqonsimon bezning anatomik xususiyatlari va rekkurent nerv bilan munosabatini tizimli ravishda o‘rganishga qaratilgan.

Tadqiqotning asosiy maqsadi — qalqonsimon bezning xirurgik jihatdan muhim anatomik strukturalarini aniqlash, rekkurent nervning kursi va turli anatomik variatsiyalarini baholash, shuningdek, jarrohlik amaliyotida xavfsizlik choralarini kuchaytirishdir. Tadqiqot materiali sifatida inson bo‘yni va qalqonsimon bezning makroskopik va mikroskopik tuzilmalari o‘rganildi. Shu bilan birga, anatomik variatsiyalar va rekkurent nervning bez bilan munosabatlari morfometrik jihatdan tahlil qilindi. Maqolada shuningdek, klinik hollarda yuzaga keladigan asoratlar (masalan, ovoz o‘zgarishi, nerv shikastlanishi) va ularni oldini olish usullari ko‘rib chiqildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, rekkurent nervning kursi va qalqonsimon bezning anatomik variatsiyalari jarrohlik amaliyotida muhim ahamiyatga ega.

Qalqonsimon bezning pastki va yuqori qismidagi anatomik o‘zgarishlar rekkurent nervni jarrohlik vaqtida shikastlanish xavfini oshirishi mumkin. Shu sababli, anatomik tafovutlarni oldindan bilish va jarrohlik rejasini shunga moslashtirish, asoratlarni kamaytirish va bemor xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Maqola tahlil va tavsiyalar orqali qalqonsimon bez jarrohligi, nevroanatomik bilim va klinik amaliyotning integratsiyasini mustahkamlashga hissa qo‘shadi. Tadqiqot natijalari shuningdek, meditsina talabalari va jarrohlar uchun o‘quv materiallari sifatida ham ahamiyatga ega.

Files

328-331.pdf

Files (787.2 kB)

Name Size Download all
md5:b33907d87bbdc3a3cd1568a715803f3c
787.2 kB Preview Download