Published November 11, 2025 | Version v1

INTERNET MAKONIDA O'SMIRLARNING HISSIY BARQARORLIGINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI

  • 1. Buxoro xalqaro universiteti, psixologiya kafedrasi o'qituvchisi
  • 2. Buxoro davlat Universiteti psixologiya kafedrasi doktoranti

Description

So‘nggi o‘n yillikda raqamli texnologiyalar jadal rivojlanib, internet makoni inson hayotining barcha jabhalariga chuqur kirib keldi. O‘smirlar bu jarayonning eng faol ishtirokchilari sifatida internetdan muloqot, o‘yin, o‘rganish va o‘zini ifoda etish vositasi sifatida foydalanmoqdalar. Shu bilan birga, ularning psixologik holati, emotsional muvozanati va ijtimoiy moslashuv darajasi ham virtual muhit omillariga kuchli bog‘liq bo‘lib bormoqda.

O‘smirlik — bu shaxsning o‘zini anglash, mustaqillikka intilish va ijtimoiy identifikatsiya jarayoni faol kechadigan davrdir. Shu bois, internet makonidagi bosim, taqqoslash, salbiy kontent, “like” va “follow” kabi baholovchi mexanizmlar o‘smirning o‘ziga bo‘lgan ishonchi hamda emotsional barqarorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

Ushbu maqola internet makonida o‘smirlarning hissiy barqarorligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi psixologik va pedagogik mexanizmlarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqsad — raqamli muhitda o‘smirlarning hissiy o‘zini boshqarish, empatiya va stressga qarshi tura olish ko‘nikmalarini shakllantirish omillarini aniqlashdir.

Files

58-61.pdf

Files (302.3 kB)

Name Size Download all
md5:0e22e26371213f720cf58a57d13ac8c2
302.3 kB Preview Download

Additional details

References

  • 1. G'ulomova, M. (2021). O'smirlarning hissiy intellektini rivojlantirishda oilaning roli. Toshkent: TDPU nashriyoti.