Published November 9, 2025 | Version v1

ART-TERAPIYADAN FOYDALANGAN HOLDA MAKTABGACHA YOSHDAGI NUTQ KAMCHILIGI BO'LGAN BOLALARDA MULOQOT KO'NIKMALARINI TARBIYALASH

Authors/Creators

Description

Mazkur tadqiqot nutqi rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy muloqot vositalarini shakllantirishda art-terapiya metodlarining o‘rni va samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlandi. Nazariy asos sifatida L.S. Vygotskiyning madaniy-tarixiy yondashuvi, A.N. Leontyevning faoliyat nazariyasi hamda A.R. Luriyaning psixolingvistik qarashlari tanlab olindi. Tadqiqot jarayonida kuzatuv, suhbat, diagnostik testlar va pedagogik eksperiment metodlari qo‘llanildi. Eksperimental guruhda art-terapiya elementlari (rasm chizish, loydan yasash, qo‘g‘irchoq teatri, ertak to‘qish, musiqali mashg‘ulotlar) muntazam qo‘llanilganda bolalarning lug‘at boyligi, grammatik tuzilmalarni qo‘llash darajasi, muloqotga kirishish faolligi va fonematik eshituv ko‘rsatkichlari sezilarli darajada oshgani kuzatildi. Natijalar art-terapiyaning nafaqat nutqiy rivojlanishga, balki emotsional barqarorlik va ijtimoiylashuvga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi.

Files

2.10.pdf

Files (343.4 kB)

Name Size
md5:d7227b04aa161b5f4d61b95321d9cf44
343.4 kB Preview Download