Published November 7, 2025 | Version v1

KOʻKRAK BEZI SARATONI KELIB CHIQISH SABABLARI, ETIOLOGIYA VA DIAGNOSTIKASI

Description

Koʻkrak bezi saratoni dunyo boʻylab ayollar orasida eng keng tarqalgan xavfli oʻsmalardan biri hisoblanadi. Har yili millionlab ayollar bu kasallik bilan aziyat chekadi.

Koʻkrak bezi saratoni nafaqat jismoniy, balki psixologik va ijtimoiy ta'sirlarni ham oʻz ichiga oladi. Biroq, zamonaviy tibbiyotning rivojlanishi va davolash usullarining takomillashishi koʻkrak saratoniga qarshi kurashda umid baxsh etadi. Ushbu maqolada koʻkrak bezi saratoni sabablari, belgilari, tashxislash usullari va davolash usullari haqida batafsil ma'lumot beramiz.

Bugungi kunda ko‘krak bezi saratonini rivojlanishi jadallashmoqda. Bunda etiologik omilning ta’siri va uning ko’lami ortishidir. 2022 yilda taxminan 2,3 million ayolda ko‘krak bezi saratoni mavjudligi holatlari aniqlangan. Shu yil davomida bu kasallik tufayli taxminan 670,000 ayol vafot etgan. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST)ga ko‘ra, ko‘krak bezi saratoni 157 davlatda ayollarda eng koʻp uchraydigan saraton turi hisoblangan. 2040 yilda yangi kasallanish holatlari 3 milliondan ortiq bo‘lishi, o‘lim holatlari esa 1 milliondan oshishi prognoz qilinmoqda. 2022 yilda O‘zbekistonda ko‘krak bezi saratoni bo‘yicha 4,164 yangi holatlar aniqlangan. Shuningdek, ushbu yil ichida servikal saraton (bachadon bo‘yni saratoni) bilan birga, bular ayollarda o‘limga olib keluvchi asosiy sabablar sirasiga kiradi.

Files

160-166.pdf

Files (876.1 kB)

Name Size Download all
md5:40694193f799620efd3dea134556dce4
876.1 kB Preview Download