O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA "YASHIL XARITA" INDIKATORLARINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasida “Yashil xarita” indikatorlarini ishlab chiqish zaruriyati hamda uning ilmiy-metodologik asoslari chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — mamlakat hududlarining ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlarini birlashtirgan holda ularning barqaror rivojlanish darajasini aniqlovchi yagona tizimni ishlab chiqish zarurligini ilmiy asoslashdan iboratdir.“Yashil xarita” (Green Map) — bu ma’lum hududlar kesimida ekologik holat, tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligi, iqtisodiy faollik va aholi hayot sifati darajasini ifodalovchi integratsiyalashgan indikatorlar yig‘indisidir [1].O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PQ–4477-son qarorida mamlakatda yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi belgilab berilgan bo‘lib, unda ekologik ko‘rsatkichlarni raqamlashtirish va tahlil mexanizmini shakllantirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etilgan [2]. Ushbu hujjat “Yashil xarita” konsepsiyasini amaliyotda tatbiq etish uchun muhim huquqiy asos vazifasini bajaradi.Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan to‘planayotgan ekologik ma’lumotlar — havo sifati, suv resurslaridan foydalanish hajmi, chiqindilarni qayta ishlash darajasi va boshqa ko‘rsatkichlar — yashil xarita indikatorlarini shakllantirishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi [3].Xalqaro miqyosda “Yashil xarita” g‘oyasi BMT, OECD va Yevropa ekologiya agentliklari tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, u barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda tahliliy vosita sifatida keng qo‘llanadi.
Files
174-180.pdf
Files
(285.4 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:3214b643626dd5c195776fb56c08b61c
|
285.4 kB | Preview Download |