Published November 6, 2025 | Version v1
Journal article Open

TEMURIY MALIKALARINING DAVLAT BOSHQARUV TIZIMIDA TUTGAN O'RNI.

  • 1. Namangan Davlat Universiteti Tarix mutaxasisligi 1-kurs magistranti

Description

Mazkur ilmiy maqola Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar saltanatining (XIV asr oxiri – XVI asr boshlari) siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotida ishtirok etgan malikalarning davlat boshqaruv tizimida tutgan o‘rnini fundamental manbalar va zamonaviy tadqiqotlar asosida atroflicha tahlil qilishga bag‘ishlangan. An’anaviy sharq jamiyatlarida xotin-qizlarning roli asosan oila doirasida cheklangani haqidagi umumiy tasavvurlarga qaramay, Temuriylar davlati malikalari, xususan, Saroymulkxonim, Gavharshodbegim va Mihr Nigorxonim kabi shaxslar nafaqat saroy hayotida, balki siyosiy qarorlar qabul qilishda, diplomatik aloqalarni o‘rnatishda, shuningdek, yirik bunyodkorlik va xayriya ishlariga homiylik qilish orqali davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga beqiyos hissa qo‘shganlar. Maqolada ularning “ulug‘ onalar” va “shodbegimlar” maqomi doirasidagi amaliy vakolatlari, davlat ishlariga ta’siri, hukmdorlarga maslahatgo‘y bo‘lishi, va ayniqsa, madrasa, masjid, xonaqoh kabi monumental inshootlarni qurishdagi rahnamoliklari chuqur o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari Temuriy malikalarning faoliyati o‘rta asr Sharq jamiyatida ayollar mavqei ancha yuqori bo‘lganligidan dalolat beruvchi noyob tarixiy hodisa ekanligini tasdiqlaydi.

Files

142-147.pdf

Files (197.7 kB)

Name Size Download all
md5:2be60c933a8e7d495738fc08e45dd765
197.7 kB Preview Download

Additional details

References

  • 1.Klavixo, Rui Gonsales de — Samarqandga Temurning huzuriga sayohat kundaligi — Toshkent: O'zbekiston, 2018, B. 125-130. 2.Fayziyev, To'la — Temuriy malikalar — Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi, 1994, B. 1-3, 45-58. 3.Azamat Ziyo — O'zbek ayollari tarix sahnasida — Toshkent: Fan, 2002, B. 18-35. 4.Hakimova, Muyassar Rashidovna — Temuriy malikalarning hayoti va faoliyatiga tarixiy nazar — International Journal of Education, Social Science & Humanities, Finland Academic Research Science Publishers, Vol. 11, No. 4, 2023, B. 763-772. 5.Fayzullayeva, Sayyora — Temuriy malikalarning ijtimoiy va madaniy hayotda tutgan o'rni — Interpretation and Researches, Vol. 1, No. 1, 2023, B. 11-18.