Published November 6, 2025 | Version v1
Journal article Open

O'ZBEKISTONDA PENSIYA HISOBLASHNI TAKOMILLASHTIRISH BO'YICHA ISLOHOT TAKLIFLARI VA AMALGA OSHIRISH STRATEGIYASI

Authors/Creators

  • 1. O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti

Description

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida amaldagi pensiya tizimi va uning hisoblash mexanizmining samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqotda mavjud tizimning institutsional tuzilmasi, pensiya jamg‘armasining moliyaviy barqarorligi, o‘rtacha ish haqi va pensiya o‘rtasidagi nisbat hamda indeksatsiya amaliyoti o‘rganilgan. Rasmiy manbalar va xalqaro moliya institutlari (IMF, ILO/ISSA) tavsiyalariga asoslanib, pensiya hisoblash formulalarini takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqilgan. Taklif etilgan yangi model pensiyani butun mehnat faoliyati davridagi o‘rtacha ish haqi asosida hisoblash, xizmat yillari uchun bonus tizimini joriy etish, minimal kafolat miqdorini belgilash va pensiyalarni avtomatik indeksatsiya qilish mexanizmini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, pensiya tizimining raqamlashtirilishi, ish faoliyatini davom ettirishga rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlar va uzoq muddatli fiskal barqarorlikni ta’minlash strategiyalari ham yoritilgan. Maqolada taklif etilgan islohotlar ijtimoiy adolatni, moliyaviy shaffoflikni hamda pensiya tizimining uzoq muddatli barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.

Files

78-82.pdf

Files (182.0 kB)

Name Size Download all
md5:66f2a3fe205c40099c346d875036ab14
182.0 kB Preview Download

Additional details

References

  • 1. O'zbekiston Respublikasi Pensiya jamg'armasi (2025). Rasmiy statistik hisobot. 2. Allianz (2024). Allianz Pension Index 2024. 3. XMT (2024). Informal Employment in Uzbekistan: Assessment and Recommendations. 4. Davlat statistika qo'mitasi (2025). Aholi va iqtisodiy ko'rsatkichlar. 5. Prezident Farmoni PF–108 (2024). Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirishtoʻgʻrisida. 6. OECD (2024). Pensions at a Glance Asia/Pacific 2024. 7. UNDP O'zbekiston (2024). Ijtimoiy himoya va norasmiy bandlik bo'yicha tahliliyhisobot.