KORXONA BARQAROR AXBOROT TIZIMINI YARATISH QIYINCHILIKLARI
Authors/Creators
Description
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi ommaviy xizmat ko‘rsatish tizimi, kompyuter tarmoqlari, boshqaruv
organlari va ko‘plab ijtimoiy sohalar hamda iqtisodiyot tarmoqlarida axborotlashtirish ta’sirining kuchayishi bilan uzviy
bog‘liqdir. Zamonaviy dunyoda kompyuter tizimlarining rivojlanish intensivligi turli darajadagi axborot tizimlari dasturiy
ta’minotining ishonchli ishlashiga bog‘liq. Shu tufayli, nazorat qilinadigan mahsulotning normal holatini davriy diagnostika
qilib turish va tahlil asosida atrof-muhitning bezovta qiluvchi ta’siri sharoitida ishlaydigan dasturiy vositalarni yaratish
uchun quyidagi yondashuvni — axborot texnologiyalari axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan transformatsiyalashni
amalga oshirmog‘i zarur