Published October 10, 2025 | Version v1

OILADA TARBIYA PSIXOLOGIYASI

  • 1. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Psixologiya fakulteti Oila psixologiyasi yo'nalishi 4-kurs talabasi

Description

Ushbu maqolada   oilada tarbiya psixologiyasining mohiyati, uning nazariy asoslari hamda amaliy ahamiyati yoritilgan. Oila — shaxs kamolotining birlamchi muhitidir. Bola ruhiy, axloqiy va ijtimoiy jihatdan aynan oilada shakllanadi. Ishda oilaviy tarbiyaning psixologik omillari, ota-onaning shaxsiy fazilatlari, muloqot madaniyati va emotsional muhitning bola ruhiyatiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, tarbiya uslublarining (avtoritar, demokratik, liberal va beparvo) bolaning xulq-atvoriga ta’siri ilmiy nuqtai nazardan asoslab berilgan. Zamonaviy oilalarda tarbiya jarayoniga ta’sir ko‘rsatayotgan omillar — axborot texnologiyalari, ijtimoiy tarmoqlar va ota-onalarning bandligi kabi masalalar ham yoritilgan. Ishda oilaviy munosabatlarda mehr, ishonch, hurmat va shaxsiy namunaning o‘rni alohida ta’kidlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bola shaxsining har tomonlama kamol topishi uchun sog‘lom psixologik muhit, ota-onaning mas’uliyatli yondashuvi va ijobiy kommunikatsiya muhim omillar sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.

Files

OILADA TARBIYA PSIXOLOGIYASI.pdf

Files (2.3 MB)

Name Size
md5:19de79b9402e47197c11c11a053436d4
2.3 MB Preview Download