Published November 6, 2025
| Version v1
Publication
Open
O'ZBEK ROMANLARI TARJIMALARI TADQIQINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Authors/Creators
Description
Ushbu tadqiqot o'zbek romanlarining tarjima xususiyatlarini ilmiy-nazariy jihatdan o'rganishga qaratilgan. Tarjima nazariyasi, adabiyotshunoslik, madaniyatlararo kommunikatsiya va lingvistika sohalaridagi asosiy yondashuvlar tahlil qilinadi. O'zbek romanlarining tarjimalari orqali milliy o'zlikni saqlash, madaniy merosni targ'ib qilish va adabiy aloqalarni mustahkamlash masalalari ko'rib chiqiladi. Tarjima strategiyalari, uslubiy xususiyatlar va madaniy moslashuv muammolari aniqlanadi va baholanadi. Tarjima jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo'llari taklif etiladi.