RENTABELLIK KO'RSATKICHLARINI HISOBLASH VA TAHLIL QILISH METODOLOGIYASI
Authors/Creators
- 1. Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali katta o'qituvchisi
Description
Ushbu tezisda korxona moliyaviy samaradorligini baholashda asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lgan rentabellik (foyda qaytimi) darajasini hisoblash va tahlil qilish metodologiyasi yoritilgan. Rentabellik korxonaning resurslardan foydalanish darajasi, ishlab chiqarish samaradorligi va boshqaruv qarorlarining iqtisodiy natijasini ifodalaydi. Tadqiqotda turli xil rentabellik ko‘rsatkichlari – mahsulot, sotuv, aktivlar, kapital va investitsiyalar rentabelligi tahlil qilinadi hamda ularni hisoblash formulalari, talqin qilish tamoyillari va iqtisodiy mazmuni batafsil ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston sharoitida korxona moliyaviy hisobotlari asosida rentabellik darajasini aniqlashda buxgalteriya ma’lumotlarining tahliliy ishlatilishi va xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS) talablariga moslashtirish zarurligi asoslab berilgan.