DAVOLOVCHI JISMONIY TARBIYANING ORGANIZMGA TA'SIRI
Description
Davolovchi jismoniy tarbiya ― bu inson organizmiga, turli tizim va a’zolar faoliyatiga jismoniy mashqlar va harakatlar yordamida ta’sir etuvchi dastur. Bu kompleks individual ravishda har bir bemorga alohida e’tibor berib, tashxisiga, xastalik darajasiga, a’zo va tizimlarning faoliyati qanchalik buzilishiga, bemor yoshiga bog‘liq holda buyuriladi. Jismoniy mashqlar ta’sirida bemor organizmining hayotiy funksiyalari faollashadi va bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari yaxshilanadi. Bu esa barcha a’zolar tizimlari o‘rtasida, normal munosabatlar o‘rnatiladi. Davolovchi jismoniy tarbiya odatda, bemorga kompleks davolashda boshqa qator usullar bilan birga qo‘llaniladi. (Masalan, fizioterapevtik muolaja). Davolash jarayonida organizmning turli funksiyalari koordinatsiyasi tiklanadi (ayniqsa, asab tizimi kasalliklarida). Yotib qolgan bemorlarni davolashda tananing patologik jarayondan xoli qismlarini mashq qildirish zarur. Ortapedik kasalliklar – sinishchiqishlarda esa, aksincha, faoliyati buzilgan, holati qisman chegaralanib, qolgan qismlarni asta-sekinlik bilan ishlatib mashqlar bajariladi.
Files
116-121.pdf
Files
(425.2 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:05c49774ee4c034f4a6370058477a5fc
|
425.2 kB | Preview Download |