YURIDIK SOHADAGI SUN'IY INTELLEKT NING QAROR QABUL QILISH JARAYONI; SHAFFOFLIK MASALALAR
Description
Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining yuridik sohalarda, xususan sud tizimida qo‘llanilishi, uning afzalliklari va yuzaga keladigan xavf-xatarlar tahlil qilingan. Maqolada sun’iy intellektning tarafkashlik, shaffoflik yetishmasligi va shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi kabi asosiy muammolari yoritilib, ularning xalqaro tajribadagi huquqiy tartibga solinishi o‘rganilgan. Yevropa Ittifoqining “Sun’iy intellekt to‘g‘risida”gi qonuni (AI Act), BMT Bosh Assambleyasining 2024-yilgi rezolyutsiyasi hamda Yevropa Kengashining “Sud tizimlarida sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha axloqiy xartiyasi” asosida O‘zbekiston uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston qonunchiligida sun’iy intellektdan foydalanish borasida mavjud bo‘shliqlar, javobgarlik masalalari hamda inson huquqlari va texnologiyalar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash zarurati ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada sun’iy intellektni sud jarayonlariga faqat yordamchi vosita sifatida tatbiq etish, inson omilining ustuvorligini saqlash va huquqiy kafolatlarni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.
Files
79-91.pdf
Files
(692.1 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:8fa402d0c62d8d8b1177903cf24ad3cb
|
692.1 kB | Preview Download |