MODULLARNI TUZILISHI VA MAZMUNI
Authors/Creators
- 1. Oʻzbekiston Milliy universiteti professori
- 2. Oʻzbekiston Milliy Universiteti 1-kurs Magistranti
Description
Modulli ta’lim tizimi o‘quv jarayonini samarali tashkil etish uchun ishlab chiqilgan zamonaviy yondashuvdir. Modul - bu ma’lum bir mavzuni o‘rganishga mo‘ljallangan mustaqil o‘quv bo‘lagi hisoblanadi. Har bir modul o‘zining maqsadi, mazmuni va natijasi bilan aniq tuzilmaga ega bo‘ladi. Modulning asosiy tarkibiy qismlari -maqsad, o‘quv mazmuni, o‘qitish metodlari va baholash vositalaridir.
Modulning maqsadi o‘quvchilarda zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan bo‘ladi. Modul mazmuni esa nazariy bilimlar bilan birga amaliy topshiriqlarni ham o‘z ichiga oladi. Har bir modul kirish, asosiy va yakuniy qismlardan iborat tarzda tuziladi. Kirish qismida modulning maqsadi va natijalari tushuntiriladi, asosiy qismda esa o‘quv faoliyati amalga oshiriladi. Yakuniy bosqichda esa o‘quvchilar o‘z bilimlarini mustahkamlaydilar.
Modulning mazmuni zamonaviy pedagogik yondashuvlarga asoslanadi va talabaning faolligini oshirishga xizmat qiladi. Har bir modulda mustaqil ishlash, tahlil qilish va amaliyotga tatbiq etish imkoniyati mavjud. Shu sababli o‘quvchi bilimni nafaqat o‘zlashtiradi, balki uni hayotda qo‘llashni ham o‘rganadi. Modullarni tuzishda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va tayyorgarlik darajasi inobatga olinadi.
Umuman olganda, modullar tuzilishi va mazmuni o‘quv jarayonining sifatini belgilovchi asosiy omildir. Modulli ta’lim tizimi talabalarda mustaqil fikrlashni rivojlantirib, ta’lim samaradorligini oshiradi. Shu bois, bugungi kunda modulli ta’lim tizimi ta’limning eng ilg‘or va innovatsion shakllaridan biri hisoblanadi.
Files
36-44.pdf
Files
(291.9 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:d691e57a32e81ac73570ed8b4d029c36
|
291.9 kB | Preview Download |