Published October 3, 2025 | Version v1

Ingliz tilini o'qitishda mediatexnologiya vositalarini tadbiq qilishning optimal shakl va usullari

Description

Mazkur maqolada zamonaviy mediatexnologiyalarning ingliz tilini o‘qitishdagi o‘rni va ahamiyati, shu- ningdek, ularni ta’lim jarayoniga samarali integratsiyalashning nazariy hamda amaliy jihatlari yoritilgan. XXI asrda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi ta’lim tizimida yangi yondashuvlarning shakllanishiga olib kelib, chet tillarni o‘qitishda innovatsion metodlardan foydalanish zaruriyatini kuchaytirdi. Tadqiqotda audiovizual texnologiyalar, interaktiv platfor- malar, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, gamifikatsiya, multimedia taqdimotlari hamda sohaga asoslangan ta’lim kabi metodlar keng qamrovda o‘rganilgan. Ushbu maqolada o‘zbek va xorijiy tadqiqotchilarning chet tillarni o‘qitishda medi- atexnologiya vositalaridan foydalanishga bag‘ishlangan ilmiy ishlari tahlil qilingan hamda ularning turli qarashlariga alo- hida urg‘u berilgan. Bundan tashqari, masofaviy ta’lim samaradorligini oshirish, ijtimoiy tarmoq vositalaridan dars jarayo- nida foydalanish masalalari tahlil qilinib, bunday vositalardan foydalanish talabalarda kognitiv jihatdan faollikni oshirishi haqidagi g‘oya ilgari surilgan. Maqolada har bir metodning afzalliklari, pedagogik asoslari va amaliy qo‘llanilish imkoni- yatlari aniq misollar orqali asoslab berilgan. Jumladan, interaktiv platformalar va gamifikatsiya elementlari talabalarda motivatsiya hamda o‘quv jarayoniga qiziqishni oshirsa, audiovizual va immersiv texnologiyalar real kommunikativ ko‘nik- malarni shakllantirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, onlayn darslar va mavzularni platformalarga joylashtirish orqali savod- xonlikni oshirish yo‘llari xususida so‘z yuritilgan. Muallif, asosan, talabalar uchun tinglab tushunish, gapirish, yozish, o‘qish kabi kompetensiyalarni rivojlantiruvchi hamda sohaga moslashtirilgan kontentlardan foydalanish til o‘rganishni samarali tashkil etishda va til aspektlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Natijada maqola ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlarni tadbiq etishga qiziqqan o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun ilmiy-metodik manba sifatida muhim ahamiyat kasb etadi

Files

353.Eshboyeva Shoira Azamatovna.pdf

Files (1.2 MB)

Name Size
md5:68ab09f0f1586b317604a572f6e6e1a5
1.2 MB Preview Download

Additional details