O'ZBEKISTON AMALIY SAN'ATIDA USTOZ-SHOGIRD MAKTABI: TARIXIY MEROS VA ZAMONAVIY RIVOJLANISH
Authors/Creators
Description
Tarixda hunarmandchilik buyumlari eng muhim manbalardan biri hisoblanadi. Chunki aynan shu asarlar orqali biz xalqning kundalik turmush tarzi, didi, iqtisodiy darajasi va ijtimoiy mavqeini ko‘rish bilan birga, ularning orzu-umidlari va e’tiqodini ham anglaymiz. Shuningdek, hunarmandchilik buyumlari orqali davlatlararo munosabatlarni, savdo yo‘llarining yo‘nalishini va xalqlar madaniy aloqalarini ham tasavvur qilish mumkin. Ya’ni, bir qarashda maishiy ehtiyoj uchun yaratilgan buyumlar aslida butun bir xalqning tarixi, ma’naviyati va taraqqiyotidan xabar beruvchi jonli guvoh sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur maqolada amaliy bezak san’atining ta’lim va tarbiya jarayonlaridagi o‘rni, yoshlarni kasbga yo‘naltirishda ustoz-shogird an’anasining ahamiyati hamda milliy merosni asrab-avaylash masalalari yoritilgan. Unda hunarmandchilik turlarining tarixiy rivoji va ularning xalq turmushidagi o‘rni tahlil etilgan. Prezident farmon va qarorlari asosida amalga oshirilayotgan islohotlar, yosh avlodni hunarga jalb qilish va milliy qadriyatlarni targ‘ib etish yo‘nalishidagi ishlarga alohida e’tibor qaratilgan. Shu bilan birga, zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida amaliy san’atning madaniy hayotdagi ahamiyati ochib berilgan.
Files
1.38.pdf
Files
(308.6 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:01560b806df6fd5a1f8707dc8208ced0
|
308.6 kB | Preview Download |