OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AUDITORLIK FAOLIYATINI TASHKIL QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI
Authors/Creators
Description
O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyoti munosabatlari shakllanib, iqtisodiy islohotlar chuqurlashgan hozirgi sharoitda korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish, ularning hisob va hisobot tizimini shaffof yuritish davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bozor mexanizmining to‘laqonli ishlashi, sarmoyadorlar ishonchini mustahkamlash hamda iqtisodiyotda adolatli raqobat muhitini yaratish uchun moliyaviy axborotning haqqoniyligi va ishonchliligi muhim ahamiyatga ega. Shu jihatdan auditorlik faoliyati mamlakat iqtisodiy tizimida nazorat va tahlilning eng muhim mexanizmlaridan biri sifatida maydonga chiqadi.