Published October 28, 2025 | Version v1

XORIJIY TAJRIBA ASOSIDA IJTIMOIY PEDAGOGIKA RIVOJLANISHINING BOSQICHLARI VA XUSUSIYATLARI

Description

Mazkur ishda xorijiy tajriba asosida ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish bosqichlari, shakllanish jarayoni va uning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ijtimoiy pedagogika fanining Yevropa va Amerika mamlakatlarida paydo bo‘lishi, nazariy asoslarining shakllanishi hamda amaliy yo‘nalishdagi rivojlanish bosqichlari yoritilgan. Shuningdek, Germaniya, AQSh, Rossiya va boshqa mamlakatlar misolida ijtimoiy pedagogika tizimining milliy xususiyatlari, ijtimoiy muammolarni hal etishdagi pedagogik yondashuvlar hamda ijtimoiy himoya va tarbiya tizimiga integratsiyasi tahlil etiladi.

Tadqiqotda xorijiy tajribaning o‘zbek ta’lim tizimi uchun ahamiyati ham ko‘rsatilib, ijtimoiy pedagogikaning zamonaviy tamoyillari, innovatsion yondashuvlari va insonparvarlik g‘oyalari asosida shakllanayotgan yo‘nalishlar yoritiladi. Ushbu ish ijtimoiy pedagogika fani rivojlanishining tarixiy bosqichlarini chuqur tahlil qilish, xorijiy tajribalardan samarali foydalanish va milliy tizimga moslashtirish imkonini beradi.

Files

6.96.pdf

Files (257.8 kB)

Name Size Download all
md5:b40fa070ead811f35bc4fe4f5ad17e85
257.8 kB Preview Download