TUPROQNING IJTIMOIY HAYOTDAGI O'RNI, SOG'LIQ VA EKOLOGIYA UCHUN AHAMIYATI
Description
Mazkur tadqiqot ishida tuproqning inson salomatligi, ekologik barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni hamda gigiyenik tahlil asosida uning sifat ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Tadqiqotning maqsadi — tuproqning tarkibi va ifloslanish darajasini baholash, uning ekologik va sanitariya holatini aniqlash hamda O‘zbekiston sharoitida tuproq degradatsiyasini kamaytirish uchun ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ish davomida xalqaro darajadagi manbalar, O‘zbekiston Respublikasi normativ hujjatlari va Samarqand viloyati Sanepidqo‘m Narpay tuman bo‘limining 2024–2025-yillardagi tahlil hisobotlari asosida daliliy ma’lumotlar tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tuproq monitoringi tizimini takomillashtirish, gigiyenik nazoratni muntazam olib borish, sho‘rlanish va nitrat kontsentratsiyasini kamaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlanadi. Ushbu tadqiqot natijalari atrof-muhit gigiyenasi, qishloq xo‘jaligi barqarorligi va jamoat salomatligi siyosatini takomillashtirish uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Tadqiqotda tuproq tarkibi, ifloslanish manbalari, mikrobiologik holat, tuproq eroziyasi va unumdorligini uning kelajakdagi barqaror rivojlanishga qo‘shgan hissasi o‘rtasidagi bog‘liqlik Narpay tumani misolida o‘rganildi. Maqolada tuproq xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha profilaktika choralarini kuchaytirish, qishloq xo‘jaligi amaliyotlarini ekologik toza holatga o‘tkazish, aholining atrof-muhit madaniyatini oshirish hamda xalqaro tajriba asosida samarali chora-tadbirlar taklif etilgan. Tadqiqot natijalari tuproqning sog‘liq va ekologiya uchun xavfsiz bo‘lgan holda boshqarilishi yo‘llarini ko‘rsatadi
Files
0408.pdf
Files
(997.9 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:d4dda9ea99a9642b75c75bb6765b1de2
|
997.9 kB | Preview Download |