Published October 26, 2025 | Version v1

MODIFIKATSIYALANGAN YELIMLAR ASOSIDA MEXANIK MUSTAHKAM, SUVGA YORILISHGA CHIDAMLI, QAMISH-QIRINDILI PLITALAR ISHLAB CHIQARISH

  • 1. Termez State University, Termez, 190100, Uzbekistan

Description

Ushbu ishda qamish-qirindili plitalarning suvga chidamliligi, mexanik mustahkamligi va yorilib ketmasligini ta’minlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari berilgan. Plitalarning chidamliligini oshirish uchun modifikatsiyalangan karbamid-formaldegid smolalari asosidagi yelim tarkiblari ishlab chiqildi va sinovdan o‘tkazildi. Kimyoviy modifikatorlar sifatida melamin va akril kislotasi qo‘llanildi va modifikatorlar miqdori va turi plitalarning egilish va siqilishga bo‘lgan mustahkamligiga ta’siri o‘rganilgan. Modifikatsiyalangan yelim asosidagi qamish-qirindili plitalar modifikatsiyalanmagan yelim asosidagi qamish-qirindili plitalar bilan taqqoslanganda, egilish va siqilish mustahkamligi modifikatsiyalangan plitalarda yuqori bo‘lib, ular suvga chidamlilik va yorilishga nisbatan sezilarli darajada chidamlilik ko‘rsatdi. Sinovlar xalqaro standartlarga muvofiq o‘tkazilib, olingan natijalar asosida qamish-qirindili plitalarning amaliy qo‘llanilishi va ularning iqtisodiy va ekologik jihatlari tahlil qilinadi.

Files

152-162.pdf

Files (202.4 kB)

Name Size Download all
md5:86c09400cc21cfa75e58823ad55692d5
202.4 kB Preview Download