Published October 26, 2025 | Version v1

Maktabgacha ta'limda bolalarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda oila bilan ishlash texnologiyasi

  • 1. Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universiteti Tarix kafedrasi dotsent,tarix fanlari falsafa doktori (PhD)
  • 2. Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universiteti Ta'lim va tarbiya nazariyasi (Maktabgacha ta'lim) fakulteti 1-bosqich magistratura talabasi

Description

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirish jarayonida oila bilan samarali hamkorlik texnologiyalarini qo‘llash masalasi yoritilgan. Bolaning shaxsiy rivojlanishida oilaning o‘rni va ta’siri, shuningdek, tarbiya jarayonida o‘qish madaniyatini shakllantirishga oid zamonaviy pedagogik yondashuvlar tahlil qilingan.Maqolada “Harakatlar strategiyasi”, “Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi” hamda “O‘zbekiston – 2030” strategik dasturlarida belgilangan maqsad va ustuvor yo‘nalishlar asosida maktabgacha ta’limda oila bilan ishlash texnologiyalarini takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari bayon etilgan.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, oila muhitida bolalarga kitob o‘qish, ertak aytish, birgalikda o‘qish jarayonlarini tashkil etish bolalarda kitobga bo‘lgan qiziqish, so‘z boyligi va muloqot madaniyatini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Maqolada oila va ta’lim muassasasi hamkorligini mustahkamlash, o‘qish madaniyatini erta yoshdan singdirish hamda kitobxonlikni qadriyat sifatida shakllantirish bo‘yicha samarali metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Files

836_839_Dilnoza_Nazarova_Eraliyevna_Allaberganova_Munisa_Begimboy.pdf

Files (765.4 kB)

Additional details

References

  • 1.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017–2021 yillarga mo'ljallangan "Harakatlar strategiyasi" – Toshkent: Prezident.uz, 2017.– Manba: https://president.uz/uz/lists/view/932
  • 2.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022–2026 yillarga mo'ljallangan "Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi" Toshkent: Lex.uz, 2022. – Manba: https://lex.uz/docs/5841063
  • 3.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston – 2030" strategiyasi Toshkent: Prezident.uz, 2023.. Manba: https://president.uz/uz/lists/view/6300
  • 4.O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim agentligi. 2024-yilgi hisobot va metodik qo'llanma. Toshkent: Agentlik nashriyoti, 2024. Manba: https://mdo.uz
  • 5. Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida qonun. Toshkent: Lex.uz, 2023. Veb-manba: https://lex.uz/acts/-4646908. LEX.UZ