FAZOVIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA AKSONOMETRIYANING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Authors/Creators
Description
Ushbu ishda chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanining muhim bo‘limlaridan biri bo‘lgan aksonometrik proeksiyaning nazariy asoslari, amaliy ahamiyati va ta’limdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda uch o‘lchamli jismlarni ikki o‘lchamli tekislikda tasvirlash usullaridan biri sifatida aksonometriyaning izometrik, dimetrik va trimetrik turlari, ularning xususiyatlari va qo‘llanish sohalari yoritiladi. Ishda zamonaviy ta’lim jarayonida aksonometrik proeksiyalarni o‘rgatish orqali o‘quvchilarning fazoviy tafakkuri, grafik savodxonligi, texnik va tizimli fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlar ilmiy asosda tahlil qilingan. Shuningdek, bu yondashuvning STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) konsepsiyasi bilan integratsiyalashuvi orqali fanni san’at, tarix va texnologiya bilan uyg‘unlashtirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Ishda madaniy meros obidalarini (Registon, Tojimahal kabi) aksonometrik proeksiyada tasvirlash orqali o‘quvchilarda estetik did, milliy qadriyatlarga hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish imkoniyatlari o‘rganiladi. Bu jarayon orqali grafik ifoda nafaqat texnik, balki madaniy va tarbiyaviy vosita sifatida ham baholanadi.
Files
3.43.pdf
Files
(349.0 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:4774bdd6e8dcf6ebf2ff13000ee4942b
|
349.0 kB | Preview Download |