SUN'IY INTELLEKT YORDAMIDA FOYDALANUVCHI INTERFEYSINI LOYIHALASH: ZAMONAVIY YONDASHUV VA IMKONIYATLAR
Authors/Creators
Description
Zamonaviy veb va mobil tizimlarda foydalanuvchi interfeysi (UI) dizayni samarali va intuitiv bo‘lishi kerak. So‘nggi yillarda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari ushbu jarayonni avtomatlashtirish va optimallashtirishda muhim vositaga aylangan. Ushbu maqolada foydalanuvchi interfeysini loyihalashda sun’iy intellekt vositalarining o‘rni, ularning imkoniyatlari va texnik yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. Dastlab, SI asosidagi interfeys generatsiyasi, foydalanuvchi xatti-harakatlarini tahlil qilish, personalizatsiya va vizual dizayn takliflari tahlil qilinadi. Shuningdek, Galileo AI, Uizard, Figma AI, ChatGPT kabi vositalar misolida amaliy ko‘rinishlar keltiriladi. Tadqiqotda nazariy tahlil va eksperimentlar asosida SI yordamida interfeys loyihalash samaradorligi baholanadi. Ushbu texnologiyaning veb dasturlash, UX/UI dizayn va interaktiv tizimlar yaratishdagi imkoniyatlari ochib beriladi.