YANGI O'ZBEKISTONNI BARPO ETISHDA JADIDCHILIK HARAKATINING G'OYALARI VA ULARNING DOLZARBLIGI.
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonni qurish jarayonida jadidchilik harakatining g‘oyalari va ularning dolzarbligi har tomonlama yoritiladi. Jadid ma’rifatparvarlari ilgari surgan millatni uyg‘otish, xalqni ma’rifatli qilish, yangi ta’lim tizimini joriy etish, milliy o‘zlikni anglash, ijtimoiy adolat va taraqqiyotga erishish haqidagi qarashlari chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, ularning ilm-fan, texnika, madaniyat va ta’lim sohalarida ilgari surgan modernizatsiya g‘oyalari bugungi islohotlar bilan qiyosiy o‘rganiladi. Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida asosiy e’tibor berilayotgan – yoshlar ma’naviyati, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ilg‘or ta’lim dasturlarini joriy etish, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirish kabi yo‘nalishlarning mazmun-mohiyati jadidchilik merosi bilan uyg‘unlikda tahlil qilinadi. Tadqiqotda jadidlarning “millatni jaholatdan qutqarish”, “ma’rifat orqali taraqqiyot” kabi fundamental g‘oyalari zamonaviy davrda ham dolzarbligini yo‘qotmaganligi, balki Yangi O‘zbekiston konsepsiyasining falsafiy-ma’naviy asoslaridan biriga aylanganligi asoslab beriladi. Shu orqali jadidchilik harakatining o‘z davridan tashqariga chiqib, bugungi kun islohotlari uchun ham nazariy va amaliy ahamiyat kasb etishi ochib beriladi.