Published October 21, 2025 | Version v1

BACHADON MIYOMASI: KLINIK VA MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI, TASHXIS VA DAVOLASH YONDASHUVLARI

Description

Bachadon miyomasi (leiomioma uteri) ayollar reproduktiv tizimida eng ko‘p uchraydigan o‘smalardan biri hisoblanadi. Ushbu patologiya, asosan, bachadonning mushak qatlamidan rivojlanib, turli hajm va shaklda bo‘lishi mumkin. Kasallik dunyo bo‘yicha ayollarning 20–40 foizida uchrashi aniqlangan bo‘lib, ayrim adabiyotlarda bu ko‘rsatkich yanada yuqori ekanligi qayd etiladi [1]. Mioma ko‘pincha reproduktiv yoshdagi ayollarda, ya’ni 30–45 yosh oralig‘ida ko‘p kuzatiladi va ko‘pincha gormonal o‘zgarishlar, genetik moyillik, endokrin kasalliklar, surunkali yallig‘lanishlar hamda ijtimoiy-psixologik omillar bilan bog‘liq bo‘lishi aniqlangan [2].

Bachadon miomasining klinik belgilari turlicha bo‘lib, u hayz siklining buzilishi, dismenoreya, ko‘p qon yo‘qotish (menorragiyalar), qorin pastki qismida og‘riqlar, bepushtlik va homiladorlik asoratlari kabi holatlar bilan namoyon bo‘ladi [3]. Tashxis qo‘yishda ultratovush tekshiruvi (UTT), dopplerografiya, MRT va gisteroskopiya usullari asosiy ahamiyatga ega. Davolash esa kasallikning hajmi, joylashuvi va klinik ko‘rinishlariga qarab individual tarzda tanlanadi. Zamonaviy yondashuvlarda dori-darmon terapiyasi, minimal invaziv usullar (embolizatsiya, ablatsiya) hamda jarrohlik yo‘li (miomektomiya yoki gisterektomiya) keng qo‘llanilmoqda [4].

Maqolada bachadon miomasining klinik va morfologik xususiyatlari, tashxislashning samarali yo‘llari, davolashda o‘zbek tibbiyoti tajribalari va xalqaro yondashuvlar tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘zbek olimlari tomonidan olib borilgan izlanishlar natijalari ham ko‘rsatilib, milliy sog‘liqni saqlash tizimida ushbu kasallikni boshqarish strategiyalariga e’tibor qaratiladi.

Files

32-37.pdf

Files (261.5 kB)

Name Size Download all
md5:8f0d44bf8f514691f88bf8b93b92a6ff
261.5 kB Preview Download