KOMPOZIT MATERIALLAR YORDAMIDA ESKI BINOLARNI SEYSMIK MUSTAHKAMLASH USULLARI
Description
Ushbu maqolada zamonaviy qurilishda qo‘llanilayotgan kompozit materiallar yordamida eskirgan binolarni seysmik mustahkamlash masalalari ilmiy jihatdan yoritilgan. Maqola asosida temir-beton konstruksiyalarni qayta tiklash va ularda yuzaga kelgan konstruktiv nosozliklarni bartaraf etishda FRP (Fiber Reinforced Polymer) kompozit materiallaridan foydalanishning texnik-iqtisodiy samaradorligi tahlil qilindi. Mazkur materiallarning yuqori mustahkamlikka ega bo‘lishi, korroziyaga bardoshliligi, yengilligi va montaj qulayligi ularni an’anaviy mustahkamlash usullariga nisbatan ustunligini ko‘rsatadi.
Tadqiqot davomida GFRP, CFRP va AFRP kabi kompozit materiallarning konstruksiyalar bilan ishlash mexanizmi, ularga bo‘lgan yopishuv kuchi, tashqi o‘ram (jacketing) va lamellar bilan mustahkamlash texnologiyalari o‘rganildi. Shuningdek, kompozit materiallardan foydalanishda yuzaga keladigan cheklovlar, ularga ta’sir etuvchi yuklanish turlari hamda normativ-huquqiy hujjatlarning mavjud holati tahlil qilindi. O‘zbekistonda mavjud seysmik xavf darajasining yuqoriligi hisobga olinib, FRP materiallaridan foydalanish istiqbollari va ularni amaliyotga keng joriy etishning afzalliklari asoslab berildi. Tadqiqot natijalari kompozit materiallar yordamida mustahkamlash texnologiyalari qurilish xavfsizligini oshirishda samarali yechim ekanini tasdiqladi.
Files
335-344.pdf
Files
(828.0 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:163a794daab05d93ba654ede9aade429
|
828.0 kB | Preview Download |