MULTIMEDIA VOSITALARI ASOSIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARI NUTQINI O'STIRISHNING SHAKL, METOD VA VOSITALARI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada multimedia vositalari asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutqini o'stirishning shakl, metod va vositalari muhokama qilinadi. O'quvchilarning nutqiy ko'nikmalarini rivojlantirishda multimedia vositalarining ahamiyati, ularning ta'lim jarayoniga kiritilishi va samaradorligi tahlil qilinadi. Maqolada interaktiv o'yinlar, audio-vizual materiallar, taqdimotlar va boshqa multimedia elementlarining o'quvchilarni qiziqtirish va motivatsiyasini oshirishdagi roli ko'rsatib beriladi. Shuningdek, multimedia vositalari yordamida muloqot qilish, eshitish va tushunish ko'nikmalarini yaxshilash imkoniyatlari ham yoritiladi. Ushbu tadqiqot natijalari o'qituvchilarga o'z darslarini yanada samarali o'tkazishga yordam berishi mumkin.