Published October 19, 2025 | Version v1

ALISHER NAVOIY G'AZALLARINING XIX ASR BAYOZLARIDAGI AHAMIYATI

  • 1. ROR icon Nordic International University

Description

Mazkur maqolada Alisher Navoiy ijodining XVIII–XIX asr bayozlarida aks etishi, shuningdek, Xiva adabiy muhiti vakili Roqim ijodi bilan uzviy bog‘liqligi tahlil etilgan. Tadqiqot davomida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan 11432/1 inventar raqamli bayozning tarkibi o‘rganilib, unda Navoiy, Jomiy, Bedil, Fuzuliy, Roqim kabi mashhur shoirlarning asarlari jamlanganligi aniqlangan. Bayozdagi Navoiy g‘azallarining devon nusxalari bilan solishtirilishi natijasida ayrim leksik va uslubiy farqlar aniqlangan bo‘lib, bu hol kotiblarning ijodiy yondashuvi va matnning yoddan ko‘chirilganini ko‘rsatadi. Maqolada, shuningdek, Roqimning Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis tarzida bog‘langan, fan uchun noma’lum bo‘lgan muxammasi ilk bor aniqlanib, tahlilga tortilgan.  Maqola bayozlarni qo‘lyozma manba sifatida o‘rganish, ularning matnshunoslik va manbashunoslikdagi o‘rnini belgilash orqali Navoiy merosini yanada chuqurroq tadqiq etish zarurligini asoslaydi. Tadqiqot natijalari o‘zbek mumtoz adabiyotining izchil taraqqiyot zanjirini tiklash va Alisher Navoiy ijodiy maktabining keyingi asrlardagi ta’sirini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Files

14.pdf

Files (287.8 kB)

Name Size Download all
md5:797a0ae33a5ec978bf01f4de4fe659b3
287.8 kB Preview Download