Published October 19, 2025 | Version v1

"YANGI SAODAT" MILLIY ROMANIDA JADIDCHILIK G'OYALARINING BADIIY IFODASI

  • 1. ToshDO'TAU

Description

XIX – asr oxiri – XX asr boshlari Turkiston tarixiga ijtimoy –siyosiy o‘zgarishlar, madaniy yangilanishlar davri bo‘lib kirib keldi. Milliy uyg’onish harakatining vujudga kelishi esa uning zamirida yangi o‘zbek adabiyotining yuzaga kelishiga vosita vazifasini o‘tadi. Mustamlakachilik siyosatining xalq ongi,  tafakkuri, dini va qadriyatlariga nechog’li aks ta’sir etayotganini ko‘rgan xalqning ziyoli qatlam vakillari ma’rifatsizlik, jaholatning tubsiz qa’ridan xalq kelajagini omon saqlamoq uchun kurashga bel bog’ladilar. Ular jadidlar sifatida adabiyot, matbuot va teatrning ahamiyatini anglab, xalq orasida eskicha qarashlardan holi, yangi tur va janrlar bilan boyitilgan adabiyotni, sho‘ro mustabid tuzumining siyosiy gazetalari o‘rniga “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Oyna” kabi gazeta – jurnallarni, teatrda esa sahna asarlarini yorita boshladilar. Ular ichida shoir, dramaturg, yozuvchi, aktyor va pedagog hisoblangan jadid ma’rifatparvari Hamza Hakimzoda Niyoziyning o‘rni va xizmati beqiyosdir. Ushbu maqolada Hamzaning nasriy asarlaridan biri “Yangi saodat” milliy romanida jadidchilik g’oyalarining tasviri, badiiyati va ahamiyati haqida so‘z boradi.

Files

13.pdf

Files (273.4 kB)

Name Size Download all
md5:0c5da49db62c4abd9c4c0317da272ea7
273.4 kB Preview Download