Published October 18, 2025 | Version v1

MAKTABGACHA TA'LIMDA GENDER IDENTIFIKATSIYASINI QADRIYATLARGA ASOSLANGAN HOLDA SHAKLLANTIRISHDA SUN'IY INTELLEKTNING O'RNI

  • 1. ROR icon Nordic International University

Description

Ushbu tadqiqot maktabgacha ta’lim jarayonida gender identifikatsiyasini qadriyatlarga asoslangan holda shakllantirish masalasiga bag‘ishlangan. Tadqiqotning maqsadi – bolalarda jinsiy rollarni to‘g‘ri anglash, ijobiy gender stereotiplarini shakllantirish hamda bu jarayonda sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish yo‘llarini aniqlashdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda gender stereotiplari ko‘pincha salbiy yoki noto‘g‘ri shaklda namoyon bo‘lishi mumkin. Muammo shundaki, texnologik rivojlanish sharoitida bolalarda jinsiy rol va qadriyatlarga asoslangan stereotiplarning buzilishi, milliy qadriyatlarga zid kontentning tarqalishi va noto‘g‘ri algoritmlar orqali stereotiplarning shakllanishi xavfi mavjud.
Maqolada nazariy tahlil, huquqiy hujjatlarni o‘rganish, pedagogik kuzatish va xorijiy manbalarni solishtirish metodlaridan foydalanilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt vositalarining ta’limiy imkoniyatlari pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilingan.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, qadriyatlarga asoslangan gender stereotiplarini shakllantirish bolada ijobiy ijtimoiy moslashuvni ta’minlaydi. Sun’iy intellekt yordamida interaktiv dasturlar, individuallashtirilgan topshiriqlar va virtual yordamchilar orqali bolalarning jinsiy rollari ijobiy namunalarda mustahkamlanishi mumkin. Shu bilan birga, SI vositalaridan foydalanishda milliy qadriyatlarga zid kontentni cheklash, bolalarning texnologiyaga qaramligini oldini olish va stereotiplarni noto‘g‘ri shakllantiruvchi algoritmlarni nazorat qilish zarur.

Tadqiqot xulosasiga ko‘ra, maktabgacha ta’limda gender identifikatsiyasi bolaning shaxsiy rivojida muhim omil hisoblanadi. Sun’iy intellekt esa bu jarayonni samarali tashkil etishda qudratli vosita bo‘la oladi, biroq u milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda nazorat ostida qo‘llanishi kerak.    Amaliy tavsiya sifatida – pedagoglar va ota-onalar SI vositalaridan foydalanishda faol nazoratni amalga oshirishlari, qadriyatlarga asoslangan ijobiy gender stereotiplarini shakllantirishda SI imkoniyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirishlari lozim.

Files

17.pdf

Files (292.5 kB)

Name Size Download all
md5:580841cc20ecbd9f562bd6fe2f25ab43
292.5 kB Preview Download