INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA BO'LAJAK MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI TARBIYACHI-PEDAGOG TALABALARDA IJODIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH
Description
Mazkur maqolada innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi-pedagog talabalarda ijodiy kompetensiyani rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilingan. Ijodiy kompetensiya tushunchasi, uning tarkibiy qismlari hamda kasbiy faoliyatdagi o‘rni ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, loyiha asosida ta’lim, STEAM-integratsiya, muammoli o‘qitish, raqamli texnologiyalar va interfaol metodlarning talabalarda kreativ tafakkurni rivojlantirishdagi roli ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari bo‘lajak tarbiyachilarning pedagogik jarayonda yangicha fikrlash, muammolarni noodatiy yecha olish hamda maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda innovatsion texnologiyalarni qo‘llashga tayyorligini oshirishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar innovatsion texnologiyalarni joriy etishni, shuningdek, bo‘lajak pedagoglarda ijodiy kompetensiyani shakllantirishni talab etmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachi-pedagoglari jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lib, ularning kasbiy tayyorgarligi kelajak avlodning intellektual va ma’naviy rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.