TASVIRIY SAVODXONLIK – MAKTABGACHA TA'LIM PEDAGOGINING KASBIY MAHORATIDA MUHIM KO'NIKMA
Description
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish, xususan, tasviriy savodxonlikni kasbiy kompetentligining ajralmas tarkibiy qismi sifatida shakllantirish masalasi yoritiladi. Finlandiya, Singapur, Yaponiya, Kanada va Avstraliya tajribasi hamda Yevropa Ittifoqi dasturlarining (Erasmus+) samarali amaliyoti tahlil qilinib, ularning uzluksiz kasbiy rivojlanish, mentorlik va innovatsion metodikalarni joriy etishdagi afzalliklari ko‘rsatib beriladi. O‘zbekiston sharoitida davlat-xususiy sheriklik, xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik va zamonaviy grafik dasturlarni o‘qitishga integratsiya qilish yo‘nalishlari asoslanadi. Bo‘lajak tarbiyachilarda chiziq-shakl, rang uyg‘unligi, mutanosiblik va fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish, “yaxlit ko‘rish” malakasini shakllantirish hamda bolalar ijodini metodik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar beriladi. Natijalar tasviriy san’atni didaktik vosita sifatida qo‘llash maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy-estetik rivojlanishi, nutqi va mayda motorikasini samarali qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatadi.