STRESSNING YOSHLARGA TA'SIRI VA UNI YENGISH USULLARI
Authors/Creators
- 1. Termiz davlat pedagogika instituti Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti Amaliy psixologiya kafedrasi o'qituvchisi
Description
Ushbu maqola yoshlar orasida stressning tarqalishi, asosiy manbalari va stressni yengish strategiyalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot 17–25 yoshdagi 80 nafar talabalar ishtirokida o‘tkazildi. Stress darajasini o‘lchash uchun Perceived Stress Scale — 10 (PSS-10) qo‘llandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ishtirokchilarning 25% i past darajadagi stress, 56.25% i o‘rta daraja, va 18.75% i yuqori darajadagi stressni boshdan kechiradi. Ayollar erkaklarga nisbatan sezilarli darajada yuqori stress ko‘rsatdilar (o‘rtacha PSS: ayollar 20.0, erkaklar 17.2; t(78)=2.17, p=0.033). Eng ko‘p tilga olingan manbalar — imtihon bosimi, kelajak haqida noaniqlik va ijtimoiy tarmoqlar ta’siri edi. Maqolada stressni kamaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar, psixoprofilaktika choralar va kelgusidagi tadqiqot yo‘nalishlari keltirilgan.