Published October 17, 2025 | Version v1

INKLYUZIV TA'LIMDAN INKLYUZIV JAMIYAT SARI: RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA YANGI IMKONIYATLAR

  • 1. ROR icon Nordic International University

Description

Mazkur maqolada inklyuziv ta’limdan inklyuziv jamiyat sari o‘tish jarayonining nazariy asoslari va amaliy jihatlari raqamli transformatsiya sharoitida tahlil qilinadi. Inklyuziv ta’lim barcha shaxslarning, jumladan nogironligi bo‘lgan yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘quvchilarning ta’lim olish huquqini kafolatlaydigan tizim sifatida ko‘rib chiqiladi. Raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, masofaviy ta’lim platformalari va virtual o‘quv muhitlari yordamida inklyuziv ta’limni rivojlantirishning yangi imkoniyatlari yoritiladi. O‘zbekiston Respublikasida “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘” tamoyili asosida inklyuziv ta’limni raqamlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari raqamli transformatsiya orqali inklyuzivlikni kengaytirish nafaqat ta’lim tizimida, balki jamiyatda ham ijtimoiy tenglikni ta’minlashda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.

Files

1.pdf

Files (304.9 kB)

Name Size Download all
md5:7badc4242c7bb2fbad0768b7b9334aea
304.9 kB Preview Download