YASHIL INVESTITSIYALAR VA MOLIYAVIY SAVODXONLIK: O'ZBEKISTON TAJRIBASI VA ISTIQBOLLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada yashil iqtisodiyot va moliyaviy savodxonlik o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlik tahlil qilinadi. Yashil iqtisodiyot barqaror rivojlanishga, ekologik xavfsizlikni ta'minlashga va
iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiluvchi strategik yo‘nalish sifatida qaraladi. Moliyaviy
savodxonlik esa aholining iqtisodiy ongini yuksaltirib, yashil investitsiyalar va ekologik mas’uliyatli
moliyaviy qarorlar qabul qilishiga zamin yaratadi. Maqolada ushbu ikki tushuncha integratsiyasining
nazariy asoslari, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ta’siri va O‘zbekiston tajribasida amalga oshirilayotgan
islohotlar misolida tahlil qilinadi. Statistik ma’lumotlar asosida moliyaviy savodxonlik darajasi va yashil
iqtisodiyotga o‘tish jarayonlari o‘rtasidagi bog‘liqlik ochib beriladi. Shuningdek, maqolada yashil moliya
vositalari, xalqaro tajribalar va milliy siyosatdagi yondashuvlar ham ko‘rib chiqiladi.