BIZNESDA VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA KASBIY KOMMUNIKATSIYALAR
Description
Mazkur maqolada biznes va raqamli texnologiyalar davrida kasbiy kommunikatsiyaning o‘rni va ahamiyati
tahlil qilinadi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida tashkilotlar ichki va tashqi kommunikatsiya
jarayonlarini samarali boshqarish va optimallashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Maqolada tezkor xabar almashish
tizimlari, elektron pochta, video konferensiyalar, ijtimoiy tarmoqlar hamda sun’iy intellekt asosida ishlovchi vositalarning
biznes jarayonlariga, korporativ madaniyat va boshqaruv samaradorligiga ta’siri o‘rganiladi. Shuningdek, jahon olimlarining
tadqiqotlari hamda O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan raqamli rivojlanish strategiyalari, IT-parklarning kengayishi
va elektron hukumat tizimini joriy etish natijalari tahlil etiladi. Raqamli iqtisodiyotning o‘sishi, IT-ta’limning takomillashuvi
va startap ekotizimining rivojlanishi bo‘yicha statistik ma’lumotlar asosida kasbiy kommunikatsiyaning innovatsion
iqtisodiyotni shakllantirishdagi o‘rni ochib beriladi.